Trampning vorisi, Eron urushi oqibatlari va issiqlik rekordi: The Economist 2027-yil uchun prognozlarini e’lon qildi

21.11.2026, 18:00 · 8 marta o‘qilgan
The Economist jurnali
Foto: DonSpencer1 / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Britaniyaning The Economist jurnali har yili nashr etiladigan «The World Ahead» («Oldindagi dunyo») maxsus sonini chop etdi. Unda kelgusi yilni belgilab beradigan 10 ta asosiy tendensiya sanab o‘tilgan.

Birinchi mavzu — «Trampdan keyingi dunyo». Jurnal fikricha, AQShdagi oraliq saylovlardan so’ng prezident Donald Trampning vorisi o’rni uchun kurash boshlanadi. Shu bilan birga, Tramp «oqsoq o’rdak» bo’lib qolish niyatida emas: o’z ta’sirini saqlab qolishga urinib, u yanada ko’proq farmonlar chiqaradi va yangi harbiy avantyuralarga aralashadi.

Ikkinchi mavzu — Eron bilan urush aks-sadolari. Nashr bahosiga ko’ra, mojaro to’liq yakunlanmaydi va uning oqibatlari 2027-yil davomida sezilib turadi. Ular orasida yangi mintaqaviy siyosat, energetika yo’nalishlarining o’zgarishi, o’g’itlar taqchilligi va global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlar bor. Eronning o’zida esa rejim nazoratni yanada kuchaytiradi.

Jurnal 2027-yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo’lishi mumkinligini ham bashorat qilmoqda. «Super El-Nino» iqlim hodisasi fonida sayyorani tez-tez qurg’oqchilik, anomal issiq to’lqinlari, o’rmon yong’inlari va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari kutmoqda.

Yana bir muhim tendensiya — sun’iy intellektga nisbatan ortib borayotgan norozilik. The Economist fikricha, texnologiya kompaniyalarining qarz yuki oshib borayotgani fonida sun’iy intellekt bozorining qulash xavfi kuchayadi, yanada kuchli modellarning paydo bo’lishi esa kiberhujumlar to’lqiniga olib kelishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling