Toshkent viloyatida havoni ko‘mir bilan ifloslantirgan issiqxona aniqlandi

26.10.2026, 19:05 · 34 marta o‘qilgan
Illyustrativ foto: Eco Info / Telegram

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tungi reyd davomida ekologik talablarga zid ravishda ko‘mir yoqib, atmosfera havosini ifloslantirayotgan issiqxona aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tekshiruv Toshkent tumani hududida viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari va ekologiya politsiyasi vakillari tomonidan o‘tkazildi. Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rildi va kamchilik bartaraf etildi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 23-24-oktabr kunlari mutaxassislar Toshkent viloyatidagi 46 ta va poytaxtdagi 16 ta issiqxonani tekshirgan. Toshkent viloyatining Hasanboy mahallasidagi issiqxonalardan birida chang-gaz tozalash uskunalarisiz ko‘mir yoqilayotgani aniqlangan.

Qoidabuzarga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan, issiqxona faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilgan.

Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik reydlar Toshkent viloyatida davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling