AQShdagi oraliq saylovlar: demokratlar Kongressning har ikkala palatasini qo‘lga kiritmoqda

10.11.2026, 16:30 · 40 marta o‘qilgan
AQSh Kapitoliysi
Foto: Architect of the Capitol / Wikimedia Commons, Public domain

Demokratik partiya AQShdagi oraliq saylovlarda g‘alaba qozonib, Kongressning har ikkala palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Fox telekanaliga bergan intervyusida natijalardan biroz hayratda ekanini aytdi.

The New York Times nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, ovozlar sanalayotgan paytda demokratlar Senatda 53 ta o‘rinni ta’minlagan, respublikachilarda esa 41 ta o‘rin bo‘lgan. Vakillar palatasida demokratlar 220 ta, respublikachilar esa 128 ta o‘ringa ega chiqqan. Vakillar palatasida jami 435 ta ovoz beruvchi o‘rin bor va ko‘pchilikni qo‘lga kiritish uchun kamida 218 ta o‘rin kerak.

Gubernatorlik saylovlarida ham demokrat nomzodlar muvaffaqiyatga erishdi. Ular an’anaviy ravishda «respublikachi» shtatlar hisoblangan Texas, Kanzas va Jorjiyada ham g‘alaba qozondi. Texasda 30 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta demokrat gubernator saylandi.

Tramp intervyuda respublikachilar yaxshiroq natija ko‘rsatadi deb o‘ylaganini aytdi.

AQShdagi oraliq saylovlar prezidentlik muddatining o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda Senatning uchdan bir qismi va Vakillar palatasining to‘liq tarkibi qayta saylanadi. Bu yil, shuningdek, 36 ta shtatda gubernatorlar saylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling