O‘zbekfilm hududida 10 gektar maydonni egallaydigan zamonaviy kino shaharcha tashkil etiladi. Loyihada kino ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma, jumladan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan dublyaj va ovozlashtirish markazini yaratish ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari 2027-yil mart oyida boshlanadi.
Dushanba kuni davlat rahbari kino sanoati vakillari bilan uchrashuvda mamlakatda kino ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish rejalari haqida ma’lum qildi.
Loyihaga ko‘ra, “O‘zbekfilm” hududida kino ishlab chiqarish sohasidagi xizmatlarni birlashtiruvchi yagona sanoat klasteri, “O‘zbekfilm” kino shaharchasi tashkil etiladi.
Ikki oy ichida malakali loyiha tashkilotini jalb qilgan holda kino shaharchaning bosh rejasi hamda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi. Shundan so‘ng qurilish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, kinematografiya tizimidagi foydalanilmayotgan davlat aktivlarini ochiq savdolarga chiqarish topshirildi.
