Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi

21.10.2026, 10:55 · 92 marta o‘qilgan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalaridagi ishlar, shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilish ishlarini boshlashga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish ham o‘rin olgan.

Shuningdek, viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling