Jumaboyev Akmal Murodovich Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Akmal Jumaboyev 1987-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2013-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.
U 2021-yil aprel oyidan buyon Sergeli tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Ushbu lavozimda Akmal Jumaboyev Nilufar Allabergenovaning o‘rnini egalladi. Nilufar Allabergenova 2023-yil oktabr oyida Toshkent shahridagi tuman hokimligiga rahbar etib tayinlangan ilk ayol bo‘lgan edi.
