Toshkent shahridagi uchta tuman — Yangihayot, Yashnobod va Chilonzor hokimlari lavozimlaridan ozod etildi.
UzNews nashri bu haqda shahar hokimligidagi manbaga tayanib xabar berdi. Lavozimdan ketgan rahbarlar boshqa ishga o‘tkazilishi kutilmoqda. Rasmiy sabab ko‘rsatilmagan, rasmiy bayonot ham e’lon qilinmagan.
Lavozimini tark etganlar:
- Hayot Inog‘amov — Yangihayot tumani hokimi, 2020-yil noyabridan beri shu lavozimda ishlagan.
- Baxtiyor Rahmonqulov — Yashnobod tumani hokimi, 2020-yil avgustidan beri shu lavozimda bo‘lgan.
- Said Qahhor Xolxo‘jayev — Chilonzor tumani hokimi. U 2022-yil avgustida lavozimga kelgan va tuman ma’muriyatini to‘rt yildan ortiq boshqargan.
Yangi hokimlar tayinlanishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 