O‘zbekistonlik shifokor parvoz chog‘ida og‘ir ahvoldagi yo‘lovchini qutqardi

15.10.2026, 21:44 · 74 marta o‘qilgan
Illyustrativ surat. Surat: Tohaklim / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Toshkent–Seul reysida bir yo‘lovchi ayolning ahvoli birdan og‘irlashdi. Samarqandlik otorinolaringolog shifokor Hasan Komilov unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qoldi.

Xabar qilinishicha, parvoz paytida ayolda og‘ir shok holati kuzatilgan: tana harorati pasaygan, teri ko‘kargan. Samolyotda bo‘lgan shifokor zudlik bilan yordamga shoshildi.

Komilov o‘zi bilan olib yurgan shoshilinch yordam vositalaridan foydalangan. Shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» ekipaji bergan kislorod niqobi va jihozlari ham qo‘l keldi. Natijada yo‘lovchining holatini barqarorlashtirishga erishildi va samolyotni favqulodda qo‘ndirish zarurati tug‘ilmadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Hasan Komilov Samarqanddagi xususiy klinika rahbari bo‘lib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tadqiqotchisi hisoblanadi. U hozirda Janubiy Koreyadagi Chxunbuk universitetida malaka oshirmoqda.

Shifokorning o‘zi bu holatni qahramonlik deb atamadi. «Bu qahramonlik emas, bu bizning shifokorlik burchimiz va kundalik og‘ir mehnatimizning bir qismi», degan u.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling