MDH davlat rahbarlari 9-oktabr kuni Turkmanboshida uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston 2027-yil 1-yanvardan MDHga raislik qilishi haqida qaror qabul qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raislikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Raislik shiori — «MDH: ishonch va umumiy taraqqiyot makoni». Raislik konsepsiyasi va harakat rejasi yakunlanmoqda, 100 dan ortiq aniq tadbir rejalashtirilgan. Iqtisodiy sohada sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlari, barqaror ta’minot zanjirlari va savdo to‘siqlarini bartaraf etishga e’tibor qaratiladi.
Ustuvor yo‘nalishlar: iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, fan va inson salohiyatini rivojlantirish. Texnologiyalar bo‘yicha muhim tarmoqlar — kritik minerallar, sun’iy intellekt, robototexnika, yangi materiallar, zamonaviy energetika va raqamli texnologiyalar. Hamdo‘stlik doirasida siyosiy muloqotga alohida e’tibor beriladi.
