O‘qish bahonasida Turkiyaga olib borilgan 17 yoshli o‘zbekistonlik zo‘ravonlikdan so‘ng vatanga qaytarildi

11.10.2026, 01:17 · 32 marta o‘qilgan
Istanbul asv2020-02 img55 View of Beşiktaş
Illyustrativ surat. Surat: A.Savin / Wikimedia Commons, FAL

O‘qish bahonasida Turkiyaga olib borilgan 17 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. O‘smir majburiy turmushga undash, jismoniy zo‘ravonlik va majburiy mehnatga duch kelganini bildirib, Istanbuldagi Bosh konsullikka murojaat qilgan.

Konsullik konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan, advokatlarni jalb qilgan, o‘smir O‘zbekistonga qaytarilgan. Qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplangan. Tegishli tashkilotlar o‘smirning xavfsizligi hamda ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoyasini nazorat qilmoqda.

Migratsiya agentligi chet elda zo‘ravonlik, majburiy mehnat, kamsitish yoki og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan fuqarolarni yordam so‘rashga chaqirdi. Murojaat uchun qisqa raqam 1282, sutka davomida ishlaydigan @huquqiy_yordam_uzbot Telegram boti, agentlikning xorijdagi vakolatxonalari hamda O‘zbekiston diplomatik va konsullik muassasalari mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling