Andijonda 34 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

11.10.2026, 01:16 · 29 marta o‘qilgan
Border Patrol Agents conduct operations at the Interstate 8 Checkpoint near Yuma, AZ (48755712493)
Illyustrativ surat. Surat: CBP Photography / Wikimedia Commons, Public domain

Andijon viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli «Do‘stlik» bojxona postida 34 ming AQSH dollarini chegaradan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Bojxona xodimlari chegarachilar bilan hamkorlikda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqayotgan «Volvo» haydovchisini to‘xtatgan. Ko‘rik chog‘ida haydovchining qo‘l sumkasi va kiyimining ichki cho‘ntagidan 34 ming dollar topilgan. Haydovchi pulni og‘zaki ham, belgilangan tartibda ham deklaratsiya qilmagan.

Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling