Uzbekistan GTL xususiylashtirishga tayyorlanmoqda: audit davom etmoqda

10.10.2026, 10:50 · 20 marta o‘qilgan
20160413IـGTC 95 01 25
Illyustrativ surat. Surat: Ali Shakarami / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) direktori Sohibjon Murodov Uzbekistan GTL zavodi xususiylashtirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Zavod qurilishiga qariyb 4 milliard dollar sarflangan.

Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi qaroriga ko‘ra, xususiylashtirish uchun 29 ta kompaniya ro‘yxati tasdiqlangan, GTL ham ular orasida. Qarorda 2025-yilning uchinchi choragida maslahatchi jalb qilish va 2026-yilning ikkinchi choragida IPO e’lon qilish rejalashtirilgan edi, biroq bu muddatlar o‘tib ketgan.

Murodovning aytishicha, hozir korxonada audit o‘tkazilmoqda. Audit yakunlangach, xususiylashtirish jarayoni keyingi bosqichga o‘tishi kutiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling