O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 107 ming 167 ta himoya orderi berildi

10.10.2026, 13:10 · 21 marta o‘qilgan
The street of Tashkent City 1
Illyustrativ surat. Surat: Шухрат Саъдиев / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yilning to‘qqiz oyida 107 167 ta himoya orderi berilgan. 

Birlamchi qabul xonalarida 5 995 nafar ayol va 2 842 nafar bolaga yordam ko‘rsatilgan. Reabilitatsiya markazlarida esa 1 132 nafar ayol va 1 575 nafar bola bo‘lgan. 453 nafar kishi o‘qitilgan, 836 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Profilaktika ishlari maktab va bog‘chalarni ham qamrab olgan: 352 ta maktab va 541 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida tadbirlar o‘tkazilgan. Sudlarga 810 ta ariza kiritilgan.

Yuridik yordam bo‘yicha aliment undirish 305 ta, ijro bilan bog‘liq masalalar 223 ta, uyga qaytarish 76 ta, hujjatlar 37 ta va mulk 30 ta holatda ko‘rsatilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling