Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi mobil aloqa operatorlari tomonidan tariflarning oshirilishi holatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Kun.uz 10-oktabr kuni xabar berdi.
Qo‘mita bayonotida operatorlarning nomi keltirilmagan. Foydalanuvchilarning asosiy e’tirozlari ikkita: birinchidan, narx oshgan bo‘lsa-da, aloqa sifati kafolatlanmaydi; ikkinchidan, ishlatilmagan trafik keyingi oyga o‘tkazilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari ham bu sohadagi shikoyatlar yuzasidan Beeline, Mobiuz va Ucell operatorlariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan edi. Hozirgi tekshiruv natijalari e’lon qilinmagan, shuning uchun tariflar o‘zgaradimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Illyustrativ surat. Surat: Cvmontuy / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 