Shavkat Mirziyoyev Pashinyan bilan Avazada uchrashdi: Armaniston kapitali ishtirokida 80 ta korxona ishlayapti

09.10.2026, 10:10 · 18 marta o‘qilgan
Surat: www.primeminister.am

Turkmanistonning Avaza turizm zonasida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ozarbayjon ishtirokidagi maslahat uchrashuvi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan alohida uchrashdi. Suhbat savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga bag‘ishlandi.

Tomonlar turli darajadagi faol aloqalar, shuningdek yaqinda o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarni ijobiy baholadi. Ikki tomonlama savdo hajmi o‘sib borayotgani aytildi, biroq aniq raqamlar keltirilmadi. O‘zbekistonda Armaniston investitsiyalari ishtirokidagi 80 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda. Ikki poytaxt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilgan.

Hamkorlikning ustuvor sohalari sifatida qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sanaldi. Tomonlar hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini samarali o‘tkazish va qo‘shma biznes tadbirlarini tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik ham muhokama qilindi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling