100 dan ortiq nodavlat tashkilot: G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi «faqat nomda mavjud»

09.10.2026, 14:10 · 25 marta o‘qilgan
Foto: UNDP

Yuzdan ortiq insonparvarlik va huquq himoyachisi nodavlat tashkilot G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi «faqat nomda mavjud» ekanini bildirdi. Al-Jazira 9-oktyabr kuni xabar berishicha, tashkilotlar sulhga qaramay Isroil tomonidan odamlarning o‘ldirilishi va cheklovlar davom etayotganini qayd etmoqda.

G‘azodagi sulh 2025-yil 10-oktyabrda AQSh Prezidenti Donald Tramp vositachiligida kuchga kirgan edi. O‘sha paytda kelishuv sutkasiga 600 yuk mashinasi yordam kirishini nazarda tutgan edi, biroq 2025-yil oktyabrida 41 ta tashkilot imzolagan bayonotda Isroil yordam kirishini o‘zboshimchalik bilan rad etayotgani aytilgan edi. Ya’ni yordam va kirish masalasidagi bahslar sulhning dastlabki haftalaridanoq boshlangan.

Ushbu yangi bayonotni 100 dan ortiq tashkilot qo‘llab-quvvatlagan. Ularning fikricha, kelishuv rasman amal qilsa-da, G‘azo aholisi amalda xavfsizlik va to‘siqsiz yordamga ega emas. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling