Moskvadagi aeroportlarda dron hujumlari sabab 200 dan ortiq reys kechiktirildi yoki bekor qilindi

16.10.2026, 20:00 · 87 marta o‘qilgan
© DW

Ukraina dronlari hujumlari sabab Moskvaning to‘rtta aeroporti tun davomida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi. 16-oktyabr tongiga kelib, poytaxt aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirilgan yoki bekor qilingan.

Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) ma’lumotlariga ko‘ra, Domodedovo aeroporti yetti soatdan ortiq, Jukovskiy aeroporti qariyb 6,5 soat, Vnukovo va Sheremetyevo aeroportlari esa taxminan 5,5 soat davomida faoliyatini cheklagan.

Telegram’dagi «Ostorojno, novosti» kanali hisob-kitoblariga ko‘ra, 16-oktyabr tongiga qadar Moskva aeroportlarida kechiktirilgan yoki bekor qilingan reyslar soni 200 dan oshgan.

Vaqtinchalik cheklovlar Rossiyaning 20 dan ortiq shahri aeroportlarida ham joriy etilgan. Ular orasida Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Perm, Qozon va Samara shaharlari bor.

Xabarlarga ko‘ra, Ukraina dronlari hujumlari sabab Moskva aeroportlarining uzoq vaqt faoliyatini to‘xtatishi bir hafta ichida uchinchi bor kuzatilgan.

Avvalroq, sentyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya havo hududi xalqaro reyslar uchun xavfsiz emasligini ta’kidlagan edi. Shu davrda Ukraina minglab dronlar yordamida Moskva aeroportlari faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan operatsiyani boshlagani haqida Amerikaning The Atlantic jurnali jurnalisti Saymon Shuster Kiyevdagi manbasiga tayanib xabar bergan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

1 Comment Fikr qoldiring

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling