OAV: Ukrainada Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar tugagan

16.10.2026, 19:00 · 71 marta o‘qilgan
© DW

AQShning CNN telekanali xabariga ko‘ra, Ukrainada Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan raketalar zaxirasi deyarli tugagan. Telekanal manbasining ta’kidlashicha, Rossiyaning so‘nggi hujumi vaqtida uchirilgan ballistik raketalarning deyarli barchasi raketalar yetishmagani sababli tutib qolinmagan.

14-oktyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan to‘rtta ballistik raketa tutib qolinganini ma’lum qilgan. CNN bu holatni Ukraina tomonida qolgan so‘nggi Patriot raketalari ishlatilgani bilan izohlaydi.

The Washington Post gazetasi ham Ukrainadagi rasmiy manbaga tayanib, mamlakatda ballistik raketalarni tutib qolish uchun mo‘ljallangan zamonaviy qurollar tanqisligi yuzaga kelganini yozdi.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, 7-oktyabr holatiga ko‘ra, Ukrainada atigi 10 ta raketa qolgan bo‘lib, ular keyingi hujumlar vaqtida ishlatilgan. Hozir esa zaxirada faqat bir necha dona raketa qolgan.

CNN qayd etishicha, bu Ukrainada Patriot tizimlari uchun raketalar zaxirasi tugab qolgan ilk holat emas. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham raketalar yetishmovchiligi haqida muntazam gapirib, Kiyev ittifoqchilarini yetkazib berish hajmini oshirishga chaqirib kelmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling