Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi

15.10.2026, 22:24 · 40 marta o‘qilgan
Foto: Bosh Prokuratura

Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida uch yil ishlagan Nilufar Allabergenova prokuratura organlariga qaytdi.

Bosh prokurorning buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Allabergenova Nilufar Anvarovna Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar, 2023-yil oktabr oyidan boshlab, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Nilufar Allabergenova 2019–2023-yillarda Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling