Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

15.10.2026, 21:36 · 29 marta o‘qilgan
Foto: t.me/SShMirziyoyeva

Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari hamda hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarning joriy natijalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaga tashrifi doirasida mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik natijalari va o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston va Turkiyani mustahkam do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turishini ta’kidladi. Shuningdek, u Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.

«Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan e’tibor va xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman», — deya qo‘shimcha qildi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Avvalroq, Turkiyaga amalga oshirilayotgan mazkur tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva Istanbul shahridagi Ibn Xaldun universiteti va Yenidogu maktabiga tashrif buyurib, hamkorlikni kengaytirish hamda tajriba almashish masalalarini muhokama qilgan edi. Shuningdek, u Baykar kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasida qo‘shma ishlanmalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling