Prezident farmoniga ko‘ra, Xorazm viloyatida Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi. O‘qitish 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi va o‘zbek, xitoy yoki ingliz tilida olib boriladi. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari joriy etiladi.
2030/2031 o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar butun o‘qish muddati davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qiydi. Shu o‘quv yilidan boshlab qabul o‘rinlarining 30 foizi grant hisobidan bo‘ladi. Talabalar o‘quv dasturiga muvofiq, jumladan dual ta’lim orqali, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘taydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 