Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning mashhur «Thriller» videoklipidagi qizil charm kurtkasi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Euronews xabariga ko‘ra, «Maykl Jekson: moda merosi» kechki savdosi «Julien’s» madaniyat va pop-kultura tadbirlari doirasida Abu-Dabida 7–9 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Savdoda Jekson faoliyatidan 100 dan ortiq kiyim va aksessuar bor. Ular orasida 1983-yilgi «Motown 25» konsertida «Billie Jean» ijrosi paytida kiyilgan, billur toshlar bilan qoplangan qo‘lqop — Jekson aynan o‘shanda birinchi marta «moonwalk» raqsini ijro etgan — hamda «Thriller» videosida kiyilgan qizil kurtka va tuflilar bor. Baholar e’lon qilinmagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 