Londondagi «Tate Britain» galereyasida «1990-yillar: san’at va moda» ko‘rgazmasi 2027-yil 14-fevralgacha davom etadi. Euronews xabariga ko‘ra, unda o‘n yillikka oid 100 dan ortiq asar va buyum namoyish etilgan.
Ko‘rgazma kuratori — Britaniya Vogue jurnalining sobiq bosh muharriri Edvard Enninful. Ekspozitsiyada Treysi Emin asarlari, Vivyen Vestvudning rok-n-roll modasi va rejissyor Stiv Makkuinning dastlabki filmlari bor. Ko‘rgazmaning asosiy tasviri sifatida Yurgen Telerning 1998-yildagi «Yosh pushti Keyt, London» fotosurati tanlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 