Yettinchi yilini o‘tkazayotgan «Science of Scare Project» tadqiqoti yuzlab ko‘ngillilarning qo‘rqinch filmlarni tomosha qilish paytidagi yurak urishini kuzatadi. Euronews xabariga ko‘ra, «Scare Score» ko‘rsatkichi yurak urish tezligi, uning o‘zgaruvchanligi va eng yuqori nuqtasi asosida hisoblanadi.
Skott Derriksonning 2012-yildagi «Sinister» filmi 96/100 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi: tomoshabinlarning o‘rtacha yurak urishi 34 foizga — daqiqasiga 64 dan 86 martagacha oshdi, eng yuqori nuqta esa 131 ga yetdi. Ikkinchi o‘rinda «Host», uchinchi o‘rinda «Skinamarink», to‘rtinchi o‘rinda «Insidious» turibdi.
2026-yilgi filmlar orasida Zak Kreggerning «Resident Evil» filmi cho‘chitish epizodlarida yurak urishining 134 martalik rekordini o‘rnatdi. Shu yilning eng qo‘rqinchli filmi esa A24ning «Undertone» asari bo‘ldi — u umumiy reytingda 33-o‘rinda. Katta kishilarda dam olish paytidagi odatiy yurak urishi daqiqasiga 60–100 marta bo‘ladi.
Illyustrativ surat. Surat: Andreone93 / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0
