OpenAI kompaniyasi ChatGPT yordamida soxta jurnalist shaxslarini yaratgan ikkita ta’sir o‘tkazish operatsiyasini — biri Rossiya, biri Eron bilan bog‘liq — to‘xtatganini ma’lum qildi. Euronews xabariga ko‘ra, har ikkala operatsiya Eron urushi bo‘yicha AQSH va Isroilda jamiyatni bo‘lishga qaratilgan.
Eron operatsiyasi o‘zini Sharq mamlakatlaridan deb tanishtirgan yettita soxta jurnalist profilidan foydalangan. Ular dunyodagi o‘nga yaqin onlayn nashrda deyarli 100 ta uzun maqola joylashtirgan; birinchisi 2025-yil iyulidagi, oxirgisi 2026-yil oktyabrdagi maqola. AQSH–Eron urushi boshlanganidan keyin maqolalar soni oshgan.
Rossiya operatsiyasi «Ijtimoiy tadqiqotlar markazi» (SRC) deb nomlangan soxta «tahlil markazi» orqali Ukraina haqida salbiy tasavvur yaratishga urinib, Lotin Amerikasidagi bexabar odamlarni ishga yollagan. OpenAI buni so‘nggi ikki yarim yilda aniqlagan eng murakkab niqob shaxs deb atadi.
