Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) iyun oyining birinchi haftasida El-Nino sharoitlari boshlanganini tasdiqlagan edi. Euronews xabariga ko‘ra, hodisa 2026-yil dekabrida cho‘qqiga chiqishi, 2027-yil fevraligacha davom etishi deyarli aniq, bahorgacha esa tugamasligi kutilmoqda.
Niño 3.4 indeksi iyun oyida me’yordan 1,6 daraja yuqori bo‘lgan bo‘lsa, avgustda 2,5 darajaga yetdi. Oktyabrdan dekabrgacha bu ko‘rsatkich taxminan 3,7 daraja bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori qiymat bo‘ladi (oldingi rekord 2015–2016-yillarda 2,6 daraja edi). Mutaxassislar 2027-yil eng issiq yil bo‘lishi mumkinligini ogohlantirmoqda.
Oqibatlar hududlarga qarab turlicha: Janubiy Amerika, AQSH janubi, Sharqiy Afrika va Markaziy Osiyoda toshqin xavfi ortadi, Avstraliya, Indoneziya va Janubiy Amerika shimolida qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari xavfi kuchayadi. JMT Bosh kotibi Seleste Saulo El-Nino sayyoraga yangi issiqlik qo‘shmasligini, okean to‘plagan issiqlikni chiqarishini ta’kidladi.
