Yevropa Ittifoqi qishda gaz iste’molini 7 foizga qisqartirishi mumkin

10.10.2026, 11:30 · 34 marta o‘qilgan

AQShning IEEFA tahlil markazi ogohlantirishicha, Yevropa Ittifoqi bu qishda gaz iste’molini 7 foizga qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkin. Euronews xabariga ko‘ra, 3-oktabr holatiga ko‘ra gaz omborlari 72,4 foiz to‘lgan, bu 2011-yildan beri kuz uchun eng past ko‘rsatkichdir.

Noyabrdan martgacha omborlar o‘tgan qishdagiga qaraganda 7,3 milliard kub metr kam gaz bera oladi. Bunga 2027-yil yanvaridan Rossiya suyultirilgan gazini to‘liq taqiqlash qo‘shilsa, taqchillik yanada sezilarli bo‘ladi. Agar bo‘shliq iste’molni kamaytirish emas, qo‘shimcha import hisobiga yopilsa, bu taxminan 3 milliard yevroga, ya’ni o‘tgan yilgidan 12 foiz qimmatga tushadi.

Gaz narxlari ham yuqori: Gollandiya TTF birjasida mega-vatt soat uchun narx sentyabr o‘rtasida 84,5 yevroga yetib, 2022-yildan beri eng yuqori darajaga chiqdi. Narxlar oshishiga 28-fevralda boshlangan Eron urushi va Hormuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berishning buzilishi sabab bo‘lmoqda. Ursula fon der Lyayen aytishicha, fevraldan beri qazilma yoqilg‘i importi Yevropa Ittifoqiga qo‘shimcha 100 milliard yevroga tushgan.

IEEFA omborlar bo‘shamaydi, deb ta’kidlamaydi: «Bu gaz omborlari butunlay bo‘shab qoladi degani emas», biroq bo‘sh omborlar gazni sekinroq beradi va kech qishdagi sovuq davrda muammo tug‘dirishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling