Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2026-yildagi o‘sish prognozini 6,4 foizdan 7,9 foizgacha oshirdi. Bu haqda Kun.uz tashkilotning sun’iy intellektga bag‘ishlangan yangi hisobotiga tayanib xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti real hisobda 7,7 foizga o‘sgan. Butun Markaziy Osiyo bo‘yicha 2026-yilgi o‘sish 5,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
Pul o‘tkazmalari ham rekord darajaga yetgan: 2026-yilning birinchi yarmida ular 13 foizga oshib, 9,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mablag‘ning taxminan 70 foizi Rossiyadan kelgan. Oltindan tashqari eksport esa qariyb 30 foizga o‘sgan.
Hisobotning sun’iy intellektga oid qismida ham qiziqarli raqamlar bor: ishchilarning har beshinchisi sun’iy intellekt ta’siriga tushadigan kasblarda band, kompaniyalarning esa har o‘ntasidan bittasi bu texnologiyadan foydalanadi. Jahon bankining ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda o‘sish 2,6 foizdan 2,2 foizgacha sekinlashadi, O‘zbekiston esa bu fonda ajralib turadi.
