Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Turkiyaning Eksim Holding kompaniyasi kon sanoati bo‘yicha kelishuv imzoladi

O‘zbekiston va Turkiyaning Eksim Holding kompaniyasi kon sanoati bo‘yicha kelishuv imzoladi
© Foto: Агент Малдер ФБР / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

27-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Turkiyaning Eksim Holding kompaniyasi bilan kon sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda vazirlikka tayanib Trend agentligi xabar berdi.

Hujjatni vazir o‘rinbosari Ural Yusupov va Eksim Holding vakillari imzoladi. Kelishuv tomonlar o‘rtasida kon sanoati loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutadi.

1986-yilda tashkil etilgan Eksim Holding 20 dan ortiq sho‘’ba kompaniyani birlashtiradi va qariyb 10 ming nafar xodimga ega.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda qariyb 3 mlrd dollarni tashkil etgan. Hozirda O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi 2 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

19-noyabr kuni ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 11,2 mlrd dollarlik bitimlar imzolangan edi. Bu O‘zbekiston — Turkiya strategik sherikligi tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling