Iqtisodiyot

O‘zbekiston O‘rta yo‘lak bo‘ylab elektron yuk hujjatlariga o‘tmoqda

O‘zbekiston O‘rta yo‘lak bo‘ylab elektron yuk hujjatlariga o‘tmoqda
© Foto: Ташкентский партизан / Wikimedia Commons, CC0

O‘zbekiston Ozarbayjon, Turkmaniston va Gruziya bilan O‘rta yo‘lak — Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi bo‘ylab elektron yuk hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bu haqda Trend agentligi xabar berdi.

Elektron hujjat aylanishi yuklarni rasmiylashtirish vaqtini qisqartirib, chegaralardan o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Bu yo‘lakdan foydalanuvchi yuk jo‘natuvchilar uchun xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiq bo‘yi portlari yo‘nalishida konteyner blok-poyezdlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Har yili 5–6 ming dona yangi vagon xarid qilinishi rejalashtirilgan, import qilinadigan vagonlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Infratuzilmadan foydalanish to‘lovlari bo‘yicha 20 foizgacha chegirmalar berilmoqda. 2027-yildan boshlab Jahon banki bilan hamkorlikda yangi tarif siyosati joriy etiladi.

Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish va mamlakatni Yevropa hamda Osiyo o‘rtasidagi muhim logistika bo‘g‘iniga aylantirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling