Dunyo

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taklif qildi: 60 ta bank SWIFT’dan uziladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taklif qildi: 60 ta bank SWIFT’dan uziladi
© Foto: Trougnouf (Benoit Brummer) / Wikimedia Commons, CC BY 4.0

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen 23-noyabr kuni Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi. Hujjat Rossiya banklari, kriptovalyuta platformalari, shuningdek, uning Yevropadagi sport va madaniy tadbirlardagi ishtirokini cheklashga qaratilgan, deyiladi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar xizmati saytida e’lon qilingan bayonotda.

“Biz Rossiyaning urushni moliyalashtirish yo‘llariga uning banklari va kripto platformalarini nishonga olish orqali yanada kuchliroq zarba bermoqdamiz. Biz Rossiyani yanada yakkalab qo‘ymoqdamiz. Biz uning Yevropa sport va madaniy tadbirlarida ishtirok etishiga eshikni yopmoqdamiz”, — dedi fon der Lyayen.

Paketga ko‘ra, tranzaksiyalarni taqiqlash 60 ga yaqin Rossiya bankiga nisbatan kengaytiriladi va ularning barchasi SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uziladi. Shuningdek, kriptovalyuta va to‘lov tarmoqlariga, jumladan, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan uchinchi davlatlardagi tuzilmalarga qarshi choralar ko‘riladi. “Soya floti”ga tegishli 70 dan ortiq kema ham ro‘yxatga kiritilishi taklif qilinmoqda.

Yangi choralar Rossiya bayrog‘i ostida chiqadigan sport jamoalari va sportchilarning Yevropa musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlashni ham nazarda tutadi. Bundan tashqari, viza qoidalari kuchaytiriladi va Ukrainadagi urushda qatnashgan sobiq harbiylarning Yevropa Ittifoqiga kirishi cheklanadi. Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, bunday shaxslar Yevropa xavfsizligi uchun tahdid tug‘diradi.

Takliflar kuchga kirishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat tomonidan ma’qullanishi kerak. Bu jarayon bir necha hafta davom etishi va rejalashtirilgan choralar o‘zgartirilishi mumkin. Fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Rossiya Ukrainada mustahkam tinchlikka erishishga chinakam intilish ko‘rsatmaguncha yangi sanksiyalarni taklif qilishda davom etishini ma’lum qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling