Dunyo

Yaponiya AQSh sanksiyalari ostidagi Xalqaro jinoyat sudiga badalni muddatidan oldin to‘lashga qaror qildi

Yaponiya AQSh sanksiyalari ostidagi Xalqaro jinoyat sudiga badalni muddatidan oldin to‘lashga qaror qildi
© Foto: OSeveno / Wikimedia Commons, CC BY-SA 3.0

Yaponiya hukumati AQSh sanksiyalari ostida qolgan Xalqaro jinoyat sudiga (XJS) moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 2027-yilgi badalini muddatidan oldin to‘lashini ma’lum qildi. Bu haqda 12-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Minoru Kixara ham gapirgan edi, deb yozadi Jiji Press agentligi.

Yaponiya hukumati odatda XJSga yillik badalini har yili apreldan keyin, yangi moliya yili budjeti asosida to‘lab kelgan. Biroq hukumat vakillarining aytishicha, agar choralar ko‘rilmasa, sud yaqin orada moliyaviy taqchillikka duch kelishi mumkin. Shu sababli Yaponiya parlamentidagi partiyalararo guruh hukumatdan keyingi yilgi badalni to‘liq va oldindan to‘lashni so‘ragan edi.

Donald Tramp ma’muriyati oktabr oyida XJSni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan va buning uchun 180 kunlik muhlat belgilagan edi. Undan avval, avgust oyida AQSh sud raisi, Yaponiya fuqarosi Tomoko Akanega nisbatan sanksiya joriy etgan. Vashington sudning AQSh va Isroilga oid tergovlariga qarshi chiqib kelmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi AQShning XJSga qarshi sanksiyalari Yaponiya pozitsiyasiga zid ekanini va bu borada jiddiy xavotirda ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya XJSning eng yirik moliyaviy hissadori sifatida ushbu muhim institutni himoya qilishi kerak. Yaponiya AQShning yaqin ittifoqchisi bo‘lsa-da, bu masala ikki davlat o‘rtasidagi kamdan-kam uchraydigan ochiq kelishmovchiliklardan biriga aylandi.

Xalqaro jinoyat sudi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan. Sud genotsid, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun shaxslarni javobgarlikka tortadi. Yaponiya unga 2007-yilda a’zo bo‘lgan. AQSh esa sudning a’zosi emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling