Quvaytda dron hujumi oqibatida ikki italiyalik mutaxassis halok bo‘ldi
Quvaytda uchuvchisiz apparat hujumi oqibatida Germaniyaning Rheinmetall kompaniyasida ishlagan ikki nafar Italiya fuqarosi — texnik mutaxassislar halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro nashrlarga tayanib 10 Things xabar bermoqda.
Quvayt va Italiya hujum uchun Eronni aybladi. Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani hujumda Eronda ishlab chiqarilgan dron ishlatilganini ma’lum qildi.
Eron esa hujumga aloqadorligini rad etib, voqeani birgalikda tergov qilishni taklif qildi.
Rheinmetall — Germaniyaning yirik mudofaa sanoati kompaniyasi bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda faoliyat yuritadi.
Voqea Fors ko‘rfazi mintaqasidagi xavfsizlik vaziyatiga oid xavotirlarni yana kuchaytirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish 