Dunyo

Buyuk Britaniya Sovuq urushdan beri ilk bor 100 ming nafar sobiq harbiy bilan bog‘lanmoqda

Buyuk Britaniya Sovuq urushdan beri ilk bor 100 ming nafar sobiq harbiy bilan bog‘lanmoqda
© Foto: ArildV / Wikimedia Commons, CC BY-SA 3.0

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Sovuq urush davridan beri birinchi marta 100 ming nafar sobiq harbiy xizmatchi bilan bog‘lanib, ularning zaxiradagi holatini aniqlashtirmoqda. Bu haqda britaniya nashrlariga tayanib 10 Things xabar bermoqda.

Tashabbus Strategik zaxirani faollashtirishga qaratilgan. Sobiq harbiylardan aloqa ma’lumotlari va hozirgi holati haqida axborot so‘ralmoqda. Jarayon ixtiyoriy xususiyatga ega.

Bu qadam 2027-yil bahorida o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATOning Steadfast Defender mashg‘ulotlari oldidan amalga oshirilmoqda. Hozirda Britaniya armiyasi soni 73 ming nafar atrofida.

Yevropa davlatlari so‘nggi yillarda mudofaa xarajatlarini oshirib, zaxira tizimlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling