Jamiyat

Prezident topshirig‘i: poyezd va mahalliy aviareyslar jadvali sayyohlar uchun qulay qilib qayta tuziladi

Prezident topshirig‘i: poyezd va mahalliy aviareyslar jadvali sayyohlar uchun qulay qilib qayta tuziladi
© Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda barcha temir yo‘l va mahalliy aviareyslar harakat jadvali bir oy ichida qayta ko‘rib chiqilib, aholi hamda sayyohlar ehtiyojlariga moslashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrifi chog‘ida qurilish industriyasi va turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Davlat rahbari hududlarda yangi sayyohlik maskanlari jadal barpo etilayotganini qayd etib, transport qatnovi ham sayyohlarga qulay bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Masalan, Toshkentdan Bo‘stonliqqa borgan sayyoh shu kuni poytaxtga qaytmoqchi bo‘lsa, hozirgi jadval bo‘yicha hududni aylanish uchun unga atigi bir necha soat vaqt qoladi.

Prezident Toshkent–Shahrisabz yo‘nalishidagi tezyurar “Afrosiyob” poyezdi misolini ham keltirdi. Unga ko‘ra, poyezd jadvali sayyoh shaharning tarixiy obidalari bilan bemalol tanishib, qaytishga ulgurishi uchun qulay bo‘lishi lozim.

Davlat rahbari mutasaddilarga transport logistikasini turistlar manfaatidan kelib chiqib qayta tashkil etishni topshirdi. Yangi jadval ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish va hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga xizmat qiladi.

So‘nggi yillarda mamlakatda yangi temir yo‘l liniyalari, jumladan, Toshkent–Parkent elektrlashtirilgan yo‘nalishi ishga tushirildi, tog‘li hududlarda zamonaviy dam olish majmualari barpo etilmoqda. Qulay transport jadvali bu yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling