Turkiyada rasman ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni ma’lum qilindi

Turkiya mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda 87 190 nafar xorijlik fuqaro mamlakatda ishlashga ruxsat olgan. Ularning katta qismi suriyaliklar – 20 970 nafar, deb xabar qiladi «Uz24.uz» nashri Report.az’ga tayanib.

Foto: Daily Sabah

Ikkinchi o‘rinda Gruziyadan – 7 317 nafar fuqaro, Qirg‘izistondan – 6 360, Ukrainadan – 5 761, Xitoydan – 4 288, Turkmanistondan – 3 847, Hindistondan – 3 055, O‘zbekistondan – 2 465, Rossiyadan – 2 290 nafar fuqaro Turkiyada ishlash uchun rasmiy ruxsat olgan.

Bundan tashqari, ishlashga ruxsat olganlar orasida AQSh (983), Buyuk Britaniya (965), Germaniya (960), Italiya (649) va Fransiya (543) fuqarolari ham bor.

O‘tgan yilda Turkiyada ishlashga izn olish uchun 100 ming nafar chet el fuqarolari murojaat qilgan va ulardan 87 190 nafariga ruxsat berilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar