Rekonstruksiya sabab Toshkentda 8 ta avtobus yoʻnalishlari vaqtinchalik oʻzgartiriladi

Toshkent shahridagi Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

1) Fargʻona yoʻli koʻchasining Nukus koʻchasidan Sayhun koʻchasigacha boʻlgan qismi 2020-yil 24-sentabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopilishi munosabati bilan ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

12 va 81-sonli avtobus yoʻnalishlarining Qoʻyliq bozori tomon harakati Nukus koʻchasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

26 va 37-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazidan qaytish yoʻnalishidagi harakati T.Shevchenko koʻchasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

68 va 93-sonli avtobus yoʻnalishlarining Qoʻyliq bozori tomon harakati Istiqbol koʻchasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;

2) Fargʻona yoʻli koʻchasidan Uysozlar koʻchasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

12 va 68-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazidan qaytish yoʻnalishidagi harakati Fargʻona yoʻli, Jarqoʻrgʻon, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar koʻchalari orqali keyingi harakatlari oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik oʻzgartiriladi;

3) Yangi Qoʻyliq koʻchasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga chiqish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yoʻnalishlariga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi:

37 va 55-sonli avtobus yoʻnalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qoʻyliq koʻchasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan soʻng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol koʻchalari, Fargʻona bozori koʻprik osti yoʻli, Fargʻona yoʻli-Jarqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi, Fargʻona bozori koʻprik yoʻli va Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali keyingi harakatlari oʻz yoʻnalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik oʻzgartirildi.

Yoʻnalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik oʻzgartirishlar natijasida, yoʻnalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Koʻcha-yoʻl tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga koʻra, yuqorida keltirilgan yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog