Putin va Mirziyoyev birgalikda Moskva muzeyiga tashrif buyuradi

Foto: “Gazeta.ru”


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Moskvadagi muzeyga birga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti’ga xabar bergan.

“Xozir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiyaga tashrifining ikki tomonlama muzokaralar qismi boshlandi. Ayni vaqtdagi muzokaralar tor doirada bo‘lib o‘tmoqda. Keyinroq bu uchrashuv keng doiraga ko‘chiriladi”, – dedi Peskov

Rasmiy tushlikdan so‘ng prezidentlar Moskvadagi muzeyga tashrif buyuradilar.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari o‘rtasida 16 ta ikki tomonlama 3,5 mlrd dollarlik shartnomalar tuzilgani haqida xabar qilingan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog