Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun belgilanadigan jarima miqdori kamaytirilishi mumkin


Parlament a’zolari pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini pasaytirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taklif qilishdi. Qonunchilik palatasining 28-aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasi ko‘rib chiqildi, deya xabar qildi Oliy Majlis qonunchilik palatasi axborot xizmati.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilangan edi. Jarimaning 450 ming so‘m, ya’ni ancha yuqori miqdori fuqarolarning, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan fuqarolarning pasport olmasligiga yoki ularni amal qilish muddati o‘tganidan keyin almashtirmaslikni afzal ko‘rishlariga olib kelgan.

O‘tkazilgan tahlillar asosida deputatlar jarima miqdorining eng past me’yorini aniqlashtirgan holda uning miqdorini pasaytirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar