Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.Hujjat loyihasiga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.
Xalq taʼlimi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 7 shtat birligidan iborat boʻlgan Oʻquvchilarning kasbga layoqatini aniqlash va kasb-hunarga yoʻnaltirish boshqarmasi, hududiy boʻlinmalari tuzilmasida jami 70 ta shtat, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida 5 shtat birligidan iborat boʻlgan Kasb-hunarni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etiladi.
Markaziy apparati tuzilmasiga oʻquvchi-yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalari uchun masʼul boʻlgan vazir oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
Loyihada keltirilishicha, kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini tamomlagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kasb-hunar koʻnikmalarini baholash, tegishli sertifikat va rezidentlik maqomini berish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Sertifikatsiyalash markazi tashkil etiladi.
Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilanserlar) Markaz rezidenti maqomini olgan taqdirda mehnat stajini hisobga olish va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi beriladi.
Loyihaga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining attestatida ularning kasbiy layoqati qayd etiladi.
Oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash boʼyicha masʼul lavozim joriy etiladi
Latest from Blog
Koronavirus infeksiyasining biron bir holatini roʻyxatdan oʻtkazmagan Turkmanistonda aholini emlash davom etmoqda. Ayni paytda Moskva oʻqituvchilari
Misrda, Luksordan uncha uzoq boʻlmagan joyda, arxeologlar uch ming yil avval qum ostida yashiringan “Yoʻqolgan Oltin” shahar topildi.
AQSh rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bilan bir qatorda, Putinning yaqin kishilariga, shuningdek, ba’zi davlat organlariga qarshi
8-aprel kuni Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Ramazon oyi
6-aprel kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalliy hokimlik binosi hududiga qo‘ylar haydab kelingandi. “Xalq
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda vaksinatsiya jarayonlarining borishi,
Mart oyi oxirida Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan Sherzod Asadov chorshanba kuni vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari
Prezidentning “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish
Oliy Majlis Senati va “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida tashkil etilgan jamoatchilik eshituvlari davomida Din ishlari bo‘yicha
Forbes jurnali 2021-yilning eng boy odamlari roʻyxatini eʼlon qildi. Yangilangan roʻyxatga koʻra, dunyoning eng boy odami