Ko‘zi ojiz odam shouda ilk bor rafiqasi va o‘g‘lini ko‘rdi

Tasavvur qilib ko‘ring – o‘zingiz hech qachon ko‘rmagan inson bilan nikoh rishtalarini bog‘lasangiz. Yoki farzandli bo‘lib ham o‘z farzandingiz bilan har kuni suhbatlashasiz, biroq shirintoyning yuzlarini ko‘rmaysiz. Turfa olamda, turli buyumlar orasida ularni ko‘rmay yashashni tasavvur qila olasizmi?

Siz tasavvur qila olmaydigan ana shu olamda Shtargardt kasali bilan tug‘ilgan amerikalik Jin Purdi yashaydi. Bu kasallik bilan og‘riydiganlar buyumlarning sharpasinigina biroz ko‘ra olishadi.

Jinga bu kasallik tashxisi 16 yoshga to‘lganidagina qo‘yilgan. Ulg‘ayib Jin hayotdagi yo‘ldoshi Joyni uchratdi. Ularning Linkoln ismli o‘g‘il farzandi bor.

Jin o‘zini juda baxtli deb hisoblaydi. Uning birgina armoni sevimli rafiqasi va shirintoy o‘g‘lini ko‘ra olmasligi edi.

Kunlarning birida Joy televizorda u kabi Shtargardt kasalligiga chalingan qiz mehmon bo‘lgan shouni ko‘rib qoladi. Shou boshlovchisi qizga 10 yildan buyon ko‘rmagan opasini ko‘rish imkonini yaratadi. Shouda qizga rekolyutsion “eSight” ko‘zoynagi orqali opasini ko‘rish imkoni yaratiladi. Bu ko‘zoynak orqali ko‘rish qobiliyati juda past insonlar qayta dunyoni ko‘rish imkoniyatiga ega.

Shouni ko‘rgan Jinning xotini ko‘zoynakdan xayratlanadi va Jinning ko‘rsatuvda chiqib ko‘zoynak orqali dunyoni ko‘rishi umidida shou rahbarlariga xat yo‘llaydi.

Purdilar oilasi shouda ishtirok etishi uchun Nyu-Yorkga taklif qilinadi.

Shou vaqtida Jinga ko‘zoynakni kiydirishadi. U eSight’ni kiyganda….

Jin ko‘zoynakni kiyganida, tomoshabinlar uning nimanidir ko‘rgan yoki ko‘rmaganini tushunmay qolishdi. Negaki uning yuzi qotib qolgan edi. U rafiqasiga qarab, shunday dedi: “U sohibjamol…”

Keyin butun oila quvonchga to‘ldi, Jin yosh boladay atrofni tomosha qila ketdi.

Ko‘rstauv boshlovchisi esa 15 ming dollar turadigan ko‘zoynakni Jinga sovg‘a qilinishini ma’lum qildi.

Ko‘rish qobiliyatining juda pastligiga qaramay Jin hech qachon hayotda umidsizlikga tushmagan.

TimesAllNews materiallari asosida tayyorlandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog