Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi

O‘zbek dublyaj sohasida sermahsul ijod qilgan Sanjar Sa’dullayev 4-dekabr kuni tongda kasalxonada vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, aktyor 1954-yilning 10-iyul sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat teatr va sa’nat institutining drama va kino aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

Sanjar Sa’dullayev o‘zbek dublyaj san’atining eng taniqli va eng reytingi baland aktyorlaridan hisoblanardi. Uni muxlislar sirli aktyor deya ta’riflashgan. Chunki u ba’zi san’at sohasi vakillaridan farqli o‘laroq, o‘zini ommadan uzoq tutishga harakat qilgan, kameralar qarshisiga chiqmagan va intervyu bermagan.

Fikr bildirish

Latest from Blog