AQSHda 17 yil ichida ilk bor federal jinoyatlarda ayblangan mahkum qatl etildi

13-iyul kuni AQSHda 2003-yildan beri birinchi marta federal jinoyatlar uchun sudlangan jinoyatchi qatl etildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Namoyishchilar dushanba kuni Daniel Li Lyuisning Terre-Xut shahrida federal jazoni ijro etish muassasasi oldida oʻlim jazosiga qarshi namoyish qilmoqda. Foto: Bryan Woolston/Reuters

Indiana shtatidagi qamoqxonada 47 yoshli Daniyel Lyuis Lining tanasiga oʻlim inyeksiyasi yuborildi. U 1999-yilda bir necha jinoyatlarda, jumladan, Arkanzasda uch kishilik oilani oʻldirganlikda ayblangan edi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Li oʻta oʻng (ultra oʻng) guruh aʼzosi. Qatl boshlanishidan oldin u: “Men buni qilmagan edim, siz begunoh odamni oʻldiryapsiz”, — degan.

Iyun oyi oʻrtalarida AQSH Adliya vazirligi federal jinoyatlar (jumladan, giyohvand moddalar, qurol sotish; odam oʻgʻirlash, bolalar pornografiyasi) uchun oʻlim jazosi qayta tiklanishi haqida eʼlon qildi. Iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.

2003-yildan keyin AQSHda federal jinoyatlarda ayblanganlar uchun qatl jazosi oʻlim inyeksiyalarini qoʻllash qoidalariga toʻgʻri kelmasligi sababli amalga oshirilmayotgan edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, federal darajasidagi jinoyatlar uchun oʻlim jazosiga hukm qilish davom ettirilgan.

Oʻlim jazosi AQSHning baʼzi shtatlarida shtat darajasidagi jinoyatlar uchun ham qoʻllaniladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog