Dunyo

BMT: 2026-yilda jahon dengiz savdosi o‘smaydi

BMT: 2026-yilda jahon dengiz savdosi o‘smaydi
© Foto: Petar Milošević / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) 2026-yilda jahon dengiz savdosi hajmi umuman o‘smasligini prognoz qildi. Bu haqda UNCTAD hisobotiga tayanib 10 Things xabar bermoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dengiz orqali tashilgan yuklar hajmi 12,3 mlrd tonnaga yetib, 1,9 foizga o‘sgan. 2024-yilda esa o‘sish 3,9 foizni tashkil etgan edi.

Hormuz bo‘g‘ozi, Qizil dengiz, Qora dengiz va Panama kanalidagi uzilishlar yuk tashish xarajatlarini oshirib, kemalar yo‘lini uzaytirmoqda. Shu sababli tonna-millarda o‘lchanadigan talab 1,5 foizga oshishi kutilmoqda. Yanvar — avgust oylarida konteyner tashish bo‘yicha spot narxlari ikki baravardan ko‘proq oshgan.

UNCTAD 2027-yilda dengiz savdosi yana 3,2 foizga o‘sishini kutmoqda. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, yoqilg‘i narxlarining 70–80 foizga barqaror oshishi eng kam rivojlangan mamlakatlarda iste’mol narxlarini 0,35 foizga, butun dunyoda esa 0,19 foizga ko‘tarishi mumkin.

Dengiz transporti jahon savdosining asosiy qismini ta’minlaydi. Shu bois bunday uzilishlar dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun quruqlikdagi muqobil transport yo‘laklarining ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling