Jamiyat

Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
© Foto: Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

Begmurod Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Begmurod Akbarov 1984-yilda tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U muhandis-texnolog va davlat boshqaruvi mutaxassisi. Shu kunga qadar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlagan.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi lavozimiga esa G‘ayratjon Hamroyev tasdiqlandi, deb ma’lum qildi viloyat hokimligi.

G‘ayratjon Hamroyev 1985-yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida u Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim yangiliklari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling
Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling