Toshkent metrosida 40 ta poyezdga beshinchi vagon qo‘shish rejalashtirilmoqda

22.11.2026, 17:00 · 18 marta o‘qilgan
Toshkent metrosi
Foto: VTCH / Wikimedia Commons, CC BY 3.0

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar oqimi ortgani sababli “Moskva” rusumli 40 ta poyezdga beshinchi vagon qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

2027–2028-yillarda 28 ta besh vagonli tarkib xarid qilish ham ko‘zda tutilgan. Avvalroq 2027-yilda 14 ta besh vagonli poyezd, ya’ni jami 70 ta vagon sotib olish rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi. Bunda turli mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda poytaxt metrosida faqat to‘rt vagonli tarkiblardan foydalanilmoqda: 1300 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan 55 ta zamonaviy va o‘rtacha 1000 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 30 ta eski tarkib bor. 2023-yil boshida sinov tariqasida “O‘zbekiston” yo‘nalishidagi to‘rtta poyezdga bittadan vagon qo‘shilgan, biroq bu reja keyinchalik rivojlanmay qolgan edi.

Yo‘lovchilar stansiyalar va vagonlardagi tirbandlikdan shikoyat qilmoqda, ba’zan vagonga chiqish uchun bir necha poyezdni o‘tkazib yuborishga to‘g‘ri kelmoqda. Bugungi kunda metro kuniga 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Sentabr–oktabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million kishi foydalangan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 51,4 million kishiga nisbatan 20 foizga ko‘p.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

So‘nggi yangiliklar

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling