2025-yilga borib Yaponiya do‘konlarida sotuvchilar bo‘lmaydi


Yaponiya hukumati mamalakatdagi asosiy 5 ta mini market tarmog‘i bilan sotuvchilarsiz avtomat ravishda savdo qilish tizimiga o‘tishni kelishib oldi.

Kyodo agentligining xabar qilishicha, ushbu do‘konlar tarmoqlari 2025-yilgacha xaridorlarga sotuvchilarsiz xizmat qiladi.

Yuqorida aytilgan tizimga o‘tish uchun mahsulot qadog‘ida tovar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichida jamlagan maxsus chip joylashtiriladi. Shu yo‘l bilan kassa apparati avtomat ravishda mahsulotni hisoblaydi va xaridorga qaytim va chek berish imkoniga ega bo‘ladi. Xaridlarni paketlarga solish uchun esa robotlar yordam beradi.

Yaponiyada ayni vaqtda Osaka profekturasidagi Moriguti shahrida ma’lum do‘konlar test rejimida ushbu tizimda ishlashni boshlagan.

Fikr bildirish

Latest from Blog