Foto: FVV axborot xizmati

Zomin tumanidagi tog‘larda yong‘in sodir bo‘ldi

1-avgust kuni soat 10:40 larda Jizzax viloyati FVBga Zomin tumani “Duoba” QFY Oʻriklisoy qishlogʻi hududidagi dala maydonida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yongʻin aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Yongʻin joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.

Shuningdek, yongʻin hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay oʻchirish uchun FVVdan yana qoʻshimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi, Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qoʻmitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etildi.

“Hodisa tafsilotlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Latest from Blog