Zokirjon Almatov va Yodgor Saʼdiyev Umra ziyoratini ado etishdi

Sobiq Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri, oʻtgan yil dekabrida Korruptsiyaga qarshi komissiya raisi etib tayinlangan general-polkovnik Zokirjon Almatov va Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev kichik haj — Umra safarida boʻlishdi.

“Imkon shou” boshlovchisi Ahror Qoʻshmatovning Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida joylashtirilgan suratda ularning ziyoratchilar libosida ekanini koʻrish mumkin.

“Ziyoratlari qabul boʻlsin”, deb yozilgan suratga izohda.

 

Ziyoratlari qabul busin…omin🙏

Публикация от Axror Qushmatov (@axrorqushmatov)

Latest from Blog