Zangiota tuman hokimligi xodimi 120 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Zangiota tumanida noqonuniy yer savdosi bilan shugʻullangan hokimlik xodimi qoʻlga olindi, bu haqda “Interfax.uz”ga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, 2019-yil 17-dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Zangiota tuman hokimligi umumiy boʻlim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli boʻlgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlogʻi, “Navroʻz” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yoʻli bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Latest from Blog